Sokin Savdo Service
Resurslarni boshqarish va mijozlar bilan a'loqani yaxshilash uchun CRM & ERP tizimi
Ish turi:
UX UI dizayn
Soha:
Boshqaruv tizimi
Muddat:
1 oy

Muammo
Sokin Savdo Service kompaniyasi biznes jarayonlarini boshqarishda jiddiy muammolarga duch kelgan edi. Mijoz ma’lumotlarini turli platformalarda saqlash, buyurtmalarni kuzatish va resurslarni samarali taqsimlashda katta qiyinchiliklar mavjud bo‘lgan. Kompaniyaning mavjud tizimi zamonaviy biznes ehtiyojlariga javob bermas, jarayonlar esa ko‘pincha qo‘lda va eskirgan usullar bilan yuritilar edi.
Ma’lumotlarning tarqoqligi – mijozlar, buyurtmalar, to‘lovlar va ombor holati turli platformalarda saqlanib, yagona markazlashgan tizim mavjud emas edi. Natijada, ma’lumotlarni qidirish va tahlil qilish juda ko‘p vaqt talab qilgan.
Jarayonlarning qo‘lda boshqarilishi – aksariyat ish jarayonlari Excel fayllari yoki qog‘oz shaklida yuritilgan. Bu esa nafaqat vaqt va resurslarni ortiqcha sarflashga olib kelgan, balki xatoliklarning ko‘payishiga ham sabab bo‘lgan.
Mijozlar bilan aloqa qiyinligi – mijozlar bilan samarali muloqot yo‘lga qo‘yilmagan, ularning buyurtmalari va tarixini kuzatish qiyinchilik tug‘dirgan.
Rejalashtirish va tahlil qilishning murakkabligi – kompaniya o‘z biznes qarorlarini qabul qilishda aniq va to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lmagan, bu esa strategik rejalashtirishni qiyinlashtirgan.
Buyurtmalar kechikishi va xatoliklar – hujjatlar va hisob-kitoblar turli platformalarda yuritilishi sababli, buyurtmalarning kechikishi va noaniqliklar ko‘paygan. Bu esa mijozlarning ishonchini pasaytirgan.
Hodimlarni boshqarish shaffof emasligi – kompaniyada ishchilarning faoliyati yetarlicha nazorat qilinmagan. Bu esa sababsiz pul yo‘qolishiga, resurslardan samarasiz foydalanishga va moliyaviy tahlillarni murakkablashtirishga olib kelgan.
Kompaniya tezkor va samarali ishlashni yo‘lga qo‘yish, raqobatda oldinga chiqish va o‘z biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun zamonaviy CRM & ERP tizimiga ehtiyoj sezgan.
Maqsad
Sokin Savdo Service uchun yagona CRM & ERP tizimini ishlab chiqish orqali quyidagi natijalarga erishish maqsad qilingan:
Mijozlar bilan aloqa jarayonini yaxshilash va mijoz tarixi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish.
Buyurtmalar va resurslarni avtomatlashtirish orqali tezlik va samaradorlikni oshirish.
Hisobot va tahlillar asosida biznes qarorlarini tezroq va aniqroq qabul qilish.
Integratsiya orqali barcha biznes jarayonlarini yagona tizimga birlashtirish.
Xatolar va takroriy jarayonlarni kamaytirish orqali operatsion xarajatlarni optimallashtirish.
Foydalanuvchi Tadqiqoti
Men asosiy ehtiyojni aniqlash uchun Top menegerlardan intervyu va so‘rovnomalar o‘tkazdim. Natijalarga ko‘ra, foydalanuvchilar quyidagi ehtiyojlarga ega ekanligi aniqlandi:
Mijozlar bilan samarali aloqa – mijozlar tarixi va talablarini kuzatish.
Buyurtmalar boshqaruvi – real vaqt rejimida buyurtmalarni qayd qilish va monitoring qilish.
Hisobot va tahlillar – biznes qarorlarini optimallashtirish uchun analitik ma’lumotlar olish.
Integratsiya va avtomatlashtirish – mavjud tizimlar bilan integratsiya qilish va jarayonlarni avtomatlashtirish.
Raqobatchilar Tahlili
Men Salesforce, Zoho CRM, Odoo ERP kabi tizimlarni o‘rganib chiqdim va ularning kuchli hamda zaif tomonlarini aniqladim. Mavjud echimlarning aksariyati murakkab interfeysga ega bo‘lib, kichik va o‘rta biznes uchun moslashish qiyinligi aniqlandi.
Foydalanuvchi Yo‘li (User Journey)
Men foydalanuvchilar qanday jarayonda tizimdan foydalanishini tushunish uchun User Journey xaritasi yaratdim. Bu menga qaysi bosqichlarda ularga qulaylik yaratish kerakligini aniqlashga yordam berdi.
Prototiplash
Ilovaning dastlabki skeletlari (low-fidelity wireframe) yaratildi. Keyinchalik, interaktiv prototip ishlab chiqildi va foydalanuvchilar tomonidan sinovdan o‘tkazildi.
UI Dizayn
Asosiy rang: Yashil (Ekologik toza mahsulotlar va professionallik hissi yaratish uchun)
Qo‘shimcha ranglar: Oq va kulrang (minimalistik va toza dizayn uchun)
Shrift: Inter – zamonaviy va o‘qilishi oson
Mijozlar bazasi – mijoz ma’lumotlari va ular bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish.
Buyurtmalar boshqaruvi – yangi buyurtmalarni qo‘shish, kuzatish va bajarish jarayoni.
Avtomatik hisobotlar – moliyaviy va operatsion hisobotlarni avtomatlashtirish.
Integratsiya – boshqa dasturiy ta’minotlar bilan integratsiya qilish.
Natijalar
Men 10 nafar foydalanuvchi bilan test o‘tkazdim va quyidagi natijalarga erishdim:
90% foydalanuvchilar mijozlar bazasi moduli juda qulay ekanligini ta’kidlashdi.
80% foydalanuvchilar buyurtmalarni boshqarish tizimi ularning ish jarayonlarini tezlashtirganini ma’lum qilishdi.
85% foydalanuvchilar interfeysni intuitiv deb baholashdi.
Mijozlar bilan aloqa jarayoni 2X samarali bo‘ldi.
Buyurtmalar boshqaruvi avtomatlashtirildi va xatoliklar kamaydi.
Hisobot va tahlillar orqali biznes qarorlar yanada tez va aniq qabul qilina boshlandi.
Maxfiylik haqida eslatma
Ushbu caseda maxfiy ma’lumotlar ochiqlanmagan va NDA talablariga rioya qilingan. Mijozga oid shaxsiy yoki tijorat sirini ochib beruvchi har qanday tafsilotlar chiqarib tashlangan. Shuningdek, loyiha jarayoniga oid vizual materiallar (skrinshotlar, grafikalar) maxfiylik nuqtai nazaridan kiritilmagan.

Boshqa ishlar

LC UP student app
LС-UP Student App – Talabalar uchun qulay platforma

Ifoda E-Commerce App
Agrokimyo mahsulotlari savdosi uchun innovatsion e-commerce platformasi

Turizm Agentligi uchun CRM & ERP Tizimi
Agentlig boshqaruv tizimi platformasi
Ko'proq ko'rish
Ko'proq ko'rish
Ko'proq ko'rish
© 2025 by Xumoyunmirzo Yakubjonov. Last update: August 22, 2025

© 2025 by Xumoyunmirzo Yakubjonov.
Last update: August 22, 2025